Bahodir Mamajonov. Maktub. Xurshid Davron she'ri - Xurshid Davron kutubxonasi video free download


263,934
Duration: 05:49
Uploaded: 2013/08/22

Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan. Shoir, dramaturg, tarixchshunos, yozuvchi va tarjimon. Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (5.06.2013) bilan taqdirlangan. O'zbekiston Respublikası Milliy Majlisining deputatı (2004).«Do'stlik» ordeni b-n mukofotlangan. (1997).

Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o'tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-yildan O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlab kelmoqda.

Xurshid Davron 90-yillarda she'riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Bibixonim qissasi yoki tugamagan dostonʼ (1990), 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro tushlari' (1998) kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Sogʻinch' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.

Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq bir oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she'rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo'g'iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Pol'sha, Bolgariya, Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.

Chop etilgan kitoblari:

Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979

Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979

Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981

Uchib boraman qushlar bilan.Sheʼrlar. T., 1983

Toʻmarisning koʻzlari.Sheʼrlar va doston. T., 1984

Bolalikning ovozi.Sheʼrlar. T., 1986

Qaqnus.Sheʼrlar va doston. T., 1987

Polet odinokoy ptitsi. Sbornik stixov na russkom yazike. T., 1989

Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991

Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995

Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998

Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997

Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007

Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008

Televizion,radio va drama asarlari

Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996).

İpak Yo'lu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. "Odeon" teatri, Parij, Fransiya (1997)

Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997).

Jaloliddin Xorazmshoh.(No'mıkq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998)

Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013)

Mirzo Ulug'bek. Radyop'esa. (2008)

Boburshoh yoxud Sog'inch. Radyop'esa. (2005)

Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009)

Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). "Sharq yulduzi" jurnali,2012 yil,1-son

Tarjimalari

Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985

Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986

Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988

Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989

Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son

Comments

5 years ago

Низом Умаров

Haqiqat bu qo'shiq zuda zo'r milliyon marotaba eshitsa ham bir hil tasir qiladi.

5 years ago

Donyorjon Zuounboyov

Raxmat qoshiq ijrochisi Boxodir Mamajonov va sher muallifiga öz mimadorchiligimizni bildiramiz Raxmat ijodilarga Omad

5 years ago

Ozbek Ozbek

Bu sherni har kim yozishi mumkin sevgan insonlar ,lekin naqadar guzal kuylangan yurakga kirib boradi hech bir tudiksiz kup yashang

6 years ago

олтин водий

калбга якин кушик, овоз хам ширали кайта-кайта эшитиб зерикмайсан,

6 years ago

Одил Йусупип

Яшанг Боходир ака жуда ЗУР айтилган кушик.

6 years ago

белий роза

админ омад жуда зур кушик

6 years ago

Najim Maxmudov

Жудаям манга ёкади бу кушик

6 years ago

Маха Давыдова

Хороший кушик слов нету

6 years ago

Tolibjon Xasanbaev

Эх Зур кушик

6 years ago

Folibjon sharipov

Эээээх-ешлигим

6 years ago

Feride Hosvak

raxmat menga cudayam yoqadi bu qusiq cudayam curoeli aetilgan bu meni xayotimda dulgan voaya kup yaşasin yozgan va aetgan sanatkor

6 years ago

Алик Алика

АМС 465 деб ёзиларди мактубда эх уша даврлар бошдан утказган билади кушик хар бир одамни юрагини ларзага солади рахмат яна уша даврга оид кушик айтсангиз

6 years ago

Алик Алика

класс 8 9 10 11 синфлардаги вокеалар

6 years ago

Uchqun Abdumalikov

10000000000 shuncha klass xam kam bu qushiqa

6 years ago

Alyor Homithonov

Shu Insonla bomasa yoshlidi qandaq Eslardik EHHH YOSHLIGM MAKTAB DAVRM SNFDOSHLALARM

6 years ago

Али Искандаров

100000 клас бу кушкни макутуб йозган инсон тушнади мактубни жавобни кутиб ухламастан кутардим ех уша даврлар. енди кайтмайди

Related Videos