Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin!
Nigohim yoʻlingda, unutmagin,
Sendir hayotim!
Sayr aylar taqdir sevgi istab,
Yurak, javob bergin!
Olismi manzilim,
Muhabbatim asrayman.
Sevgim, orzu-tilagim -
Sening qalbingda boʻlsak biz yagona!
Kel, dil sogʻinib kel!
Quvonchingga men hamrohing boʻlay!
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak - yagona sen bahona!
Kel, izlaganim, kel!
Dengizim boʻl, men sohiling boʻlay!
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz - yagona, jonim!
Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin!
Nigohim yoʻlingda, unutmagin,
Sendir hayotim!
Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, javob bergin!
Olismi manzilim,
Muhabbatim asrayman.
Sevgim, orzu-tilagim -
Sening qalbingda boʻlsak biz yagona!
Kel, dil sogʻinib kel!
Quvonchingga men hamrohing boʻlay!
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak - yagona sen bahona!
Kel, izlaganim, kel!
Dengizim boʻl, men sohiling boʻlay!
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz - yagona, jonim!
11 years ago